Gruziya Konstitutsiyaviy sudi mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonunga qarshi da’volarni ko‘rib chiqishni boshladi. Da’vogarlar Gruziya prezidenti, nodavlat tashkilotlar, muxolifat deputatlari va mediatashkilotlar hisoblanadi.
Yevropa Ittifoqi Gruziyaning ittifoqqa qo‘shilish jarayonini to‘xtatdi. Mamlakatda “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi nomzodga ko‘rsatilgan qadamlardan chekinish deb baholandi. Yevrokengash, shuningdek, Tbilisini “kuzgi parlament saylovlari erkin va adolatli o‘tishini ta’minlashga” chaqirdi.
Gruziyaning YeIga kirish jarayoni mamlakatda qabul qilingan “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun tufayli amalda to‘xtatildi. Yevropa Ittifoqi yetakchilari Gruziya hukumatini mamlakatning ittifoqqa kirishiga tahdid solayotgan harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga chaqirdi.
AQSh “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan o‘nlab Gruziya fuqarolariga, jumladan, Gruziya parlamenti a’zolari va xavfsizlik xodimlariga nisbatan viza cheklovlarini joriy qildi. Hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi vakili “hech kim sanksiyalardan qo‘rqmaydi”, deya javob qaytardi.
Gruziya parlamenti spikeri ommaviy noroziliklarga qaramay, prezident Salome Zurabishvili veto qo‘ygan “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi bahsli qonunni imzoladi. Hujjat imzolangandan keyin darhol kuchga kiradi.
Gruziya parlamenti mamlakat prezidenti Salome Zurabishvilining “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi rezonansli qonunga qo‘ygan vetosini chetlab o‘tdi. Hukmron partiya ommaviy noroziliklarga qaramay, hujjatni qabul qildi. Yevropa Ittifoqi bundan “chuqur afsusdaligini” bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting